preloader

“Tokioga 90 kun” nomli xalqaro seminar boshlandi

Bugun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining boshlanishiga roppa-rosa 90 kun qoldi. Ushbu sana munosabati bilan bugun MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan “Tokioga 90 kun” mavzusida xalqaro seminar boshlandi.
Tadbir avvalida MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov so‘z olib, sportdagi yutuqlarda tibbiyot sohasining o‘rni, bugungi anjumanning o‘zbek sporti uchun ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.
“Avvalo, ushbu ilmiy anjuman tashkilotchilariga O‘zbekistonda sport, sport tibbiyotini rivojlantirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sportdagi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda atletlarimizni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash RSTIAM jamoasi xodimlarining asosiy vazifalaridan. Qolaversa, bugungi konferensiya ushbu fikrimizning yana-da dolzarbligini taʼkidlaydi. Oldimizda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari kabi yirik musobaqalar turibdi. Biz ularga ham ushbu Markazimiz jamoasi bilan ilm-fanning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda birgalikda tayyorlanamiz. Shuningdek, diyetologiya va psixologiya masalalariga alohida eʼtibor qaratish lozim, chunki bu sohalarsiz sportchilarni musobaqalarga to‘liq tayyorlash mumkin emas. Muhtaram Prezidentimiz sport sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotgani va ushbu yo‘nalishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganini alohida taʼkidlashni istardim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, Yurtboshimizning qo‘llab-quvvatlashi tufayli sportchilarimiz jahon arenalarida O‘zbekiston bayrog‘ini yana-da baland ko‘tarishadi”, – dedi MOQ raisi
Seminarda Rossiya, Turkiya, Germaniyadan tashrif buyurgan malakali shifokorlar qatori hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. Anjumanda mutaxassislar sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, sportda travmatizm muammolari, sport genetikasi, jarohatlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, reabilitatsiyada lazer, magnit va zarb-to‘lqinli terapiyani qo‘llash kabi mavzularida maʼruzalar qilishadi. Xalqaro anjuman kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Подписаться на
email рассылки

***Проверяйте папку спам !

Республиканский научно-практический центр спортивной медицины

Президент Узбекистана Ислам Каримов подписал Постановление «О создании Республиканского научно-практического центра спортивной медицины при Национальном Олимпийском комитете Республики Узбекистан»

Режим работы

Понедельник : 08.30 - 16.30
Вторник : 08.30 - 16.30
Среда : 08.30 - 16.30
Четверг : 08.30 - 16.30
Пятница : 08.30 - 16.30
Суббота : 08.30 - 13.00
Воскресенье : Выходной