Asosiy mazmunga o‘tish
Dush–Juma 08:00–15:15 · Shan 12:45 gacha Qabulxona +998 55 501-30-84 MSKT / MRT+998 55 502-88-44
Barcha kontaktlarKontaktlar
B. Zokirov ko‘chasi, 6-uy, ToshkentDush–Juma 08:00–15:15 · Shan 12:45 gacha

Qo‘ng‘iroq qilish noqulay bo‘lsa, qabulga yozilish shaklidan foydalaning.

1193 Tez yordam

Saytdan qidirish

Kamida 2 ta belgi kiriting — natijalar shu yerda chiqadi.

Elon – 2027 !

RESPUBLIKA SPORT TIBBIYOTI ILMIY-AMALIY MARKAZI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 11-avgustdagi 337-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha 2027-yil uchun qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda 2026-yil 12-avgustdagi 04/51-6823-sonli xatiga asosan, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi 2027-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD) qabul e’lon qiladi:

TAYANCH DOKTORANTURA (PhD)

14.00.38 – Sport tibbiyoti

14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya

19.00.04 – Tibbiy va maxsus psixologiya

Tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, 3.5-shakl bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida);
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • diplomlar nusxalari (bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi mutaxassislik diplomi);
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
  • pasport nusxasi;
  • IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan xorijiy til sertifikati;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat mukofotlariga oid hujjatlar (mavjud bo‘lsa).

Barcha hujjatlar PDF formatida tayyorlanib, Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuborilishi lozim.

Shuningdek, barcha hujjatlarning qog‘oz shaklidagi nusxalari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining ilmiy bo‘limiga topshiriladi.

Ma’lumot uchun telefon:
☎️ (55) 513-30-87

← Oldingi maqola E’LON! Keyingi maqola → Kirish imtihoni natijalari!