Asosiy mazmunga o‘tish
Dush–Juma 08:00–15:15 · Shan 12:45 gacha Qabulxona +998 55 501-30-84 MSKT / MRT+998 55 502-88-44
Barcha kontaktlarKontaktlar
B. Zokirov ko‘chasi, 6-uy, ToshkentDush–Juma 08:00–15:15 · Shan 12:45 gacha

Qo‘ng‘iroq qilish noqulay bo‘lsa, qabulga yozilish shaklidan foydalaning.

1193 Tez yordam

Saytdan qidirish

Kamida 2 ta belgi kiriting — natijalar shu yerda chiqadi.

Sport tibbiyotida navbatdagi hamkorlik: yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha memorandum imzolandi

Sport tibbiyotida navbatdagi hamkorlik: yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha memorandum imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida sportchilar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, zamonaviy diagnostika va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Tashrif davomida markaz direktori Botir Tojiyev Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida yaratilgan sharoitlar, davolash va reabilitatsiya imkoniyatlari hamda zamonaviy tibbiy uskunalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

← Oldingi maqola Markaz direktorining maslahatchisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mavlyanov Iskandar Raximovich — Turon Fanlar Akademiyasining Akademigi sharafli ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi Keyingi maqola → «Taniqli turkiyalik travmatolog-ortoped doktor Taner Bekmezji 12–13–14-noyabr kunlari bizning klinikada bemorlarni qabul qiladi!»